Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Jabbarov Jamshid Adashovich tomonidan tumanning “Katt Vaxshivor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati joyiga chiqib o‘rganildi. Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Vaxshivor filialida dori-darmonlarning mavjudligi, ularning aholiga yetkazib berilishi, shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olingan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati