Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Islohatlar amalda
янв.21
47-maktabda aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi
янв.21
33-maktabning issiqlik tizimi va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Nuroniy mahallasida sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Хотин-қизлар фаолияти орқали адолатли ва меъёрли тўйлар
янв.21
Retseptsiz beriladigan dori vositalari bo‘yicha qonunchilik normalari
янв.21
Deputatlar Xo‘jaqishloq, Saribozor va Yastepa mahallalarida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi holatini o‘rgandilar
янв.21
SANOAT ZONASIDA ISH O‘RINLARI YARATILADI
#Ekopartiya #Jamoatchilik_nazorati

#Ekopartiya 

#Jamoatchilik_nazorati 

Qoʻshkoʻpir tuman Ekologik partiya tashkiloti raisi hamda tuman kengashi deputatlari R.Matyoqubova va G.Abdullayevalar tomonidan “Doʻstlik” mahallasi hududida joylashgan ijtimoiy obyektlarning qish-kuz mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrganish maqsadida “Jamoatchilik nazorati” tadbiri oʻtkazildi.

Nazorat jarayonida mahalla hududidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari hududlari atroflicha oʻrganildi. Jumladan, binolarning umumiy holati, isitish tizimlari, ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya-gigiyena talablari, hudud tozaligi hamda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida ayrim muassasalarda mavsumga tayyorgarlik ishlari qoniqarli holatda olib borilayotganligi, ayrim kamchiliklar esa mas’ul idoralar tomonidan bartaraf etilishi zarurligi aniqlandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi hamda ushbu masalalar jamoatchilik nazoratida saqlanishi qayd etildi.

Slide 1 of 1