✔️Deputatlar tomonidan mahallada faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimlar ishi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Ushbu o‘rganishlar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, samaradorligi hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini baholashga qaratildi.
✔️Xususan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash jarayonlari, ularning adolatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi masalalari atroflicha tahlil qilindi. Ijtimoiy xodim tomonidan oilalarning ijtimoiy holati o‘rganilishi, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda murojaatchilar bilan ishlash tizimiga alohida e’tibor qaratildi.
✔️O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Deputatlar kelgusida ham aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar doimiy nazoratda bo‘lishini ta’kidladilar.