Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Islohatlar amalda
янв.21
47-maktabda aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi
янв.21
33-maktabning issiqlik tizimi va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Nuroniy mahallasida sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Хотин-қизлар фаолияти орқали адолатли ва меъёрли тўйлар
янв.21
Retseptsiz beriladigan dori vositalari bo‘yicha qonunchilik normalari
янв.21
Deputatlar Xo‘jaqishloq, Saribozor va Yastepa mahallalarida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi holatini o‘rgandilar
янв.21
SANOAT ZONASIDA ISH O‘RINLARI YARATILADI
Prezident Murojaatnomasi muhokamasiga bag`ishlangan davra suhbati

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati M.Sharipova tomonidan Toshxovuz mahalla fuqarolar yig`inida aholi vakillari ishtirokida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va O`zbekiston xalqiga yo`llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo`nalishlar, jumladan, ijtimoiy soha, ta`lim va sog`liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar masalalari, mahallalar faoliyatini yanada kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan muhim vazifalar batafsil tushuntirib berildi. M. Sharipova o`z chiqishida Murojaatnomada belgilangan
vazifalarni hayotga tatbiq etishda mahalla instituti va fuqarolarning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishini ta`kidlab o`tdi. Shuningdek, aholining taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish bo`yicha amaliy takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar Prezident Murojaatnomasi mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini ta`minlashda muhim dasturilamal ekanini
ta`kidlab, uning mazmun-mohiyatini aholi o`rtasida keng targ`ib etish zarurligini qayd etdilar.
  

Slide 1 of 5