Toyloq tuman Kengashi deputatlari B. Xamrayev va F. Sidikovlar tomonidan Xo‘jayuz hamda Saribozor mahallalarida soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi, shuningdek, soliq tushumlarining holati va ularning o‘z vaqtida shakllanishi atroflicha o‘rganildi.
Urganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlari sifati, tadbirkorlar bilan hamkorlik jarayonlari, tushuntirish ishlari, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda soliq tushumlarining to‘g‘ri va shaffof yuritilishi bo‘yicha amaldagi ishlar tahlil qilindi.
Deputatlar joylardagi mavjud ahvol bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berdi. Shuningdek, soliq tushumlarini barqaror ta’minlash, aholiga qulaylik yaratish va mahallalardagi soliq intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilab olindi.