Tuman Kengashi deputatlari A. Usmonov va B. Xamrayev ishtirokida Adas mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordamlar va boshqa ko‘mak turlarini tayinlash holati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ijtimoiy xodimning aholi bilan ishlash jarayonlari, murojaatlarni qabul qilish tartibi hamda xizmatlarning o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar baholandi.
Uchrashuv davomida mavjud masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berilib, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.