Tuman Kengashi deputati hamda YPX xodimi tomonidan tuman markazida joylashgan Charog‘bon MFYning ichki ko‘cha yo‘llari holati, kechki va tungi yoritilish darajasi, transport tirbandliklari hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Hududidagi mavjud ko‘chalar ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l qoplamasini ta’mirlash va tekislash yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Ko‘chalarning kechki paytlardagi yoritilish darajasi o‘rganilib, eskirgan yoritgichlarni yangilash hamda qo‘shimcha chiroqlar o‘rnatish bo‘yicha rejalar belgilanib olindi
Tirbandlikni kamaytirish, YTHlarning oldini olish maqsadida aholi harakati ko‘p bo‘lgan yo‘nalishlarda transport oqimini tartibga solish, yo‘l belgilarini yangilash va xavfsiz piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Tuman Kengashi deputati
M.Aminova