Tashrif davomida u aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlarni qabul qilish tartibi, bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash jarayonini o‘rgandi. Deputat xodimlar faoliyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, profilaktika tadbirlari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholiga tezkor xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Deputat tibbiy xizmat sifatini oshirish, dori-darmonlar zahirasini ta’minlash hamda shifokorlar ish sharoitini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Tashrif davomida aholining fikrlari tinglanib, murojaatlar qayd etildi va ularni hal etish uchun hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Urinov Ibroxim
Toyloq tuman Kengashi deputati