Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati R.Rabbimov tomonidan saylov okrugidagi Ilmobod mahallasida "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv davomida bugungi kunda mahalla tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.