Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MÚRÁJAT QADAǴALAWǴA ALINDI HÁM MASHQALA SAPLASTIRILDI.
янв.21
Deputat tárepinen medicinalıq xızmet sapası úyrenildi.
янв.21
Ekologiyalıq jaǵdaydı jaqsılaw.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesine ÓzliDEP partıyasınan deputat Q.Nurǵabulov jumıs kúnin “E-Kengash” elektron platformasında kelip túsken múrájatlardı úyreniwden basladı.
янв.21
Xalıqtıń múrájatı úyrenildi.
янв.21
HÁPTELIK REJESI (22-26-iyun)
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesiniń hápte dawamındaǵı iskerligi (15.06 19.06 2026-jıl)
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi» bolıp ótti.
янв.21
Deputatlar hám jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Usmonov saylangan saylov okrugi tarkibidagi “Tolzor” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi faoliyatini o‘rganish ishlari davom ettirildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlari tahlil qilindi.

Jumladan, Bandi Eshon ko‘chasi, 80-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro O.Jo‘rayevga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun 40 million so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratilganligi hamda ushbu mablag‘lar hisobidan fuqaroning nonvoyxona faoliyatini tashkil etganligi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida nonvoyxonada yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish jarayoni va faoliyatning bugungi holati bilan yaqindan tanishildi.

Ta’kidlanganidek, bunday loyihalar aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda mahallalarda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Suhbat davomida tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalari hamda faoliyatni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi va yaratilgan tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi ijobiy baholanib, bu kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2