Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MÚRÁJAT QADAǴALAWǴA ALINDI HÁM MASHQALA SAPLASTIRILDI.
янв.21
Deputat tárepinen medicinalıq xızmet sapası úyrenildi.
янв.21
Ekologiyalıq jaǵdaydı jaqsılaw.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesine ÓzliDEP partıyasınan deputat Q.Nurǵabulov jumıs kúnin “E-Kengash” elektron platformasında kelip túsken múrájatlardı úyreniwden basladı.
янв.21
HÁPTELIK REJESI (22-26-iyun)
янв.21
Xalıqtıń múrájatı úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesiniń hápte dawamındaǵı iskerligi (15.06 19.06 2026-jıl)
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi» bolıp ótti.
янв.21
Deputatlar hám jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ.
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Usmonov saylangan saylov okrugi tarkibidagi “Tolzor” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, kredit va subsidiya dasturlaridan samarali foydalanish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Hokim yordamchisi tomonidan hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, mahalla faollari bilan muloqot davomida hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish hamda bandlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2