Deputat "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlarni tahlil qildi:
🚧 Mahalla ichki yo‘llarining holati, piyodalar yo‘laklari va avtobus bekatlarining bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Jamoat transportining muntazamligi o‘rganildi.
🔥 Ko‘p qavatli uylardagi isitish tizimi, Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, pod’ezd va yerto‘lalarning holati nazorat qilindi.
🏥 Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, bepul dorilar bilan ta’minlanish darajasi hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy ehtiyojmand qatlamga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil etildi.
💼 Hokim yordamchisi va Yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bandligini ta’minlash va aholini daromadli qilish borasidagi ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi.