Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida “Qaldirg‘och” mahallasi aholisiga O‘RQ-937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Bandixon tumanida fuqarolarning ko‘chmas mulk va o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini qonuniy e’tirof etishga qaratilgan O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta’minlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Tumanining “Qaldirg‘och” mahalla tashkil etilgan uchrashuvda Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashiga 16-Qaldirg‘och saylov okrugidan saylangan deputat D.Qudratov, Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengash kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Nazarov Voxid Rahmonberdiyevich ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ma’ruzachilar 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan O‘RQ-937-sonli Qonunning asosiy normalari, yer va binolarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish shartlari, murojaat qilish tartibi hamda bu borada yaratilgan qulayliklar xususida batafsil ma’lumot berdilar.

Muloqot yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, yer va mulk masalalarini qonuniy hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar yetkazildi.

Slide 1 of 1