Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi

#24_ta_masala

#kotibiyat_mudiri

#deputat_faoliyati

#biriktirilgan_tashkilot

#162_qonun

Bandixon tumanidagi "Gulbog'" mahallasida deputatlik nazorati doirasida "24 ta eng muhim yo‘nalish" asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 15-"Gulbog" saylov okrugi deputati I.Xalmatov okrugiga qarashli Gulbog' mahallasiga tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tashrif buyurib, mahalla raisi va "mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashdilar.

✅O‘rganish davomida ijtimoiy xodim faoliyati alohida e’tiborga olinib, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅Mazkur faoliyat "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tashkil etilishi, fuqarolarning ehtiyojini o‘z vaqtida aniqlash va ularga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

✅Shuningdek, "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligi, murojaatlar bilan ishlash tizimi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham o‘rganishlar o‘tkazildi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅Deputat nazorati – qonunlar ijrosi va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim kafolatidir.

Slide 1 of 1