Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta o‘rganish maqsadida hududlarda nazorat-tahlil tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari Termiz shahridagi “Eskishahar” mahallasida amalga oshirildi.

Unda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashining 20-"Eskishahar" saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugi hududidagi “Eskishahar” mahallasida olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, “mahalla yettiligi” faoliyatining samaradorligi, aholi murojaatlari va muammolarini manzilli hal etish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla raisining “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi bilan muntazam muloqot qilish, hududdagi muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish borasidagi vazifalari amalda qanday tashkil etilayotgani ko‘rib chiqildi.

Xususan, mahalla raisi tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq ayrim masalalarni hal etish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan bir qator taklif va muammolar ilgari surildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla raisi tomonidan ko‘tarilgan, yechimi mahalliy Kengash vakolatlari doirasida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalarni Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.