Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣Deputatlar o‘rtasida tajriba almashildi
NAFIS MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI



📌 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 15-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Olimjon Dadajonov tomonidan Nafis mahalla fuqarolar yig‘inida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari tahlil qilindi. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📍 O‘rganish yakunida aholiga ijtimoiy xizmatlarni o‘z vaqtida, sifatli va manzilli ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlash hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1