Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA

BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov tashabbusi bilan “Gulzor” mahalla hududidagi Chuqursoy 5-tor ko‘chasi, 70-B ko‘p qavatli uy oldida joylashgan bolalar maydonchasini ta’mirlash ishlari deputat hisobidan amalga oshirildi.

🔺 Amalga oshirilgan tashabbus natijasida hududdagi bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, ochiq havoda o‘ynashi va maroqli hordiq chiqarishi uchun mavjud imkoniyatlar yanada kengaydi. Bolalar maydonchasi yanada obod va foydalanish uchun qulay holatga keltirilmoqda, ayniqsa, shu hududda istiqomat qilayotgan bolajonlar va ularning ota-onalari uchun quvonchli yangilik bo‘ldi.

🌱 Shu bilan birga, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida maydonchaning yer qismiga sun’iy chim yotqizish ishlari ham rejalashtirilmoqda.

📁 Mazkur tashabbus mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — mahallalarda bolalar uchun mavjud maydonchalar va ularning jihozlari holatiga e’tibor qaratish, yosh avlod uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash vazifalari bilan hamohangdir.

🤝 To‘rabek Nazarovning tashabbusi mahalla aholisi manfaatlaridan kelib chiqib, bolalar uchun yanada qulay va mazmunli hordiq chiqarish muhitini yaratishga qaratildi. Bu kabi ishlar hududlarda aholi ehtiyojlarini o‘rganib, ularni amaliy tashabbuslar bilan qo‘llab-quvvatlashning muhim namunasi hisoblanadi.

🌟 Bolalarning quvonchi — mahallaning quvonchi. Ularning sog‘lom ulg‘ayishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va xavfsiz muhitda hordiq chiqarishi uchun yaratilayotgan har bir sharoit kelajak avlodga qaratilgan e’tiborning amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 7