Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
🏗 TUMAN MARKAZIDAGI BUNYODKORLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi A.Turdiboyev tomonidan tuman markazida, xususan, Sh.Rashidov ko‘chasida amalga oshirilayotgan qurilish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan kompleks ishlar, jumladan, avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, vorkaut maydonchasi tashkil etish, yashil hududlarni kengaytirish hamda hududni obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
🌳 Shuningdek, ko‘cha hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, aholi va piyodalar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🚧 Qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi, piyodalar harakati uchun qulayliklarni ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

📌 Kengash raisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifati va natijadorligi deputatlik nazorati asosida kuzatib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3