🏛Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati A.Aliyev tomonidan “Axillik” mahallasi yoshlar yetakchisi G‘ofurov Islombekning faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarga o‘qitish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📊 “Axillik” mahallasida yoshlar bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar:
🔸 14–30 yoshdagi yoshlar — 1021 nafar;
🔸 26 nafar bitiruvchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan;
🔸 Yil boshida aniqlangan 11 nafar ishsiz yoshning barchasi bandligi ta’minlangan;
🔸 13 nafar yoshga kasb-hunarga o‘qish uchun yo‘llanma berilgan;
🔸 3 nafar yosh zamonaviy kasblar, IT texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qitilgan;
🔸 2 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.
🔸 O‘rganish jarayonida yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib bandligini ta’minlash, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.
♻️ Shuningdek, yoshlarni sport to‘garaklariga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, yangi kasb va zamonaviy mutaxassisliklarni egallashlariga ko‘maklashish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
❇️ Yoshlar bilan tizimli va manzilli ishlash, ularning bandligi va ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish mahalladagi yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.