Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
Taxiatosh tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Taxiatosh tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida tuman hokimi Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbaevich ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda hudud aholisi tomonidan infratuzilmani yaxshilash, bandlikni ta’minlash, komunal soha, tibbiy xizmat va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

Muloqot davomida fuqarolarning muammolari birma-bir tinglanib, ularning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi va ularning ijrosi tuman rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olindi.

Bunday ochiq muloqotlar aholi farovonligini oshirish va aholini qiynayotgan masalalarni tezkor hal etishga xizmat qilmoqda.
 

Slide 1 of 2