Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
#Kotibiyat #PF_193_ijrosi SOHIBKOR MAHALLASIDA BANDLIKNI TA’MINLASH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov tomonidan Sohibkor mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-sentabrdagi PF-193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

✍️O‘rganish davomida mahallada ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, aholi uchun barqaror daromad manbalarini yaratish, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlarning holati ko‘rib chiqildi.

📊 Shuningdek, ehtiyojmand oilalar va ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda daromad manbalarini yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi.

♻️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, fuqarolar bandligini ta’minlash va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar belgilandi.

✅Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlash, har bir ehtiyojmand oila va ishsiz fuqaro bilan individual ishlash hamda ularni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

❇️Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi tomonidan nazoratga olinib, ijrosi o‘rganib boriladi.

Slide 1 of 3