Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
MADANIYAT SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILMOQDA

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️ MADANIYAT SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, Kengash deputatlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari hamda Toshkent shahar madaniyat boshqarmasining mutasaddi xodimlari bilan birgalikda boshqarma tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sessiyaoldi o‘rganishlari olib borilmoqda.

🔺 Sessiyaoldi o‘rganishlarining dastlabki manzili Respublika “Hunarmand” uyushmasi bo‘ldi. O‘rganish ishtirokchilari uyushma faoliyati, milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, xalqimizning boy madaniy merosini keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

📉 Jarayonda ko‘p asrlik milliy hunarmandchilik an’analarini kelgusi avlodlarga yetkazish, mavjud hunarmandchilik maktablarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ushbu yo‘nalishga qiziqishini oshirish hamda milliy qadriyatlarimizni nomoddiy madaniy merosning muhim qismi sifatida asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–405-son qarori hamda Toshkent shahar hokimining 2025-yil 1-maydagi VII-8-77-14-0-K/25-son qarori ijrosi doirasida 2026-yilda Toshkent shahrida nomoddiy madaniy meros obyektlarini ilmiy o‘rganish bo‘yicha mahalliy ekspeditsiya tashkil etish yuzasidan belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

🔎 Ma’lumotlarga ko‘ra, nomoddiy madaniy meros obyektlarini joyiga chiqqan holda ilmiy o‘rganish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish va kelgusida keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etiladigan mahalliy ekspeditsiya shakllantirilgan. Shuningdek, ekspeditsiyani tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar smetasi va uni amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

🗣 O‘rganish davomida mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi, rejalashtirilgan tadbirlarning samaradorligi, mablag‘lardan maqsadli foydalanish, shuningdek, poytaxtdagi nomoddiy madaniy meros namunalarini aniqlash, ilmiy o‘rganish, muhofaza qilish va keng jamoatchilik orasida targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

➡️ Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi faoliyati yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10