Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
Arabmozor mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati F. Xujamberdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyev Arabmozor mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, tuman Kengashining 2026-yil 22-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi, jumladan, ichki ko‘chalar yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan ishlar holatini ko‘zdan kechirdilar.

O‘rganish davomida dastur doirasida mahalladagi ichki ko‘chalarning yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilash, mavjud yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash, shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz transport harakatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari bilan joyida tanishildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga yo‘l qurilish ishlarini belgilangan standartlar asosida o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, shuningdek, foydalanishga topshirilayotgan ichki yo‘llarning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash maqsadida ularni muntazam ravishda toza saqlash, joriy saqlash qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3