Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumandan o‘tuvchi V006 raqamli “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo‘lida piyodalarning xavfsiz harakati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

🔴O‘rganish davomida deputat so‘rovi asosida avtomobil yo‘lining aholi yashash hududlaridan o‘tgan qismlarida piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar, piyodalar o‘tish joylarining yo‘l belgilari bilan ta’minlanganligi, yo‘l chiziqlarining holati va o‘tish joylarining yoritilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

🔴O‘rganish natijasida avtomobil yo‘lining ayrim mahallalar hududidan o‘tgan qismlarida piyodalar o‘tish joylari tegishli yo‘l belgilari bilan jihozlangani va yo‘lning qatnov qismiga piyodalar o‘tish chiziqlari chizilgani aniqlandi. Mavjud yo‘l belgilari umumiy holda yetarli ekani qayd etildi.

🔴Shu bilan birga, ayrim hududlarda piyodalar o‘tish joylarida chizilgan yo‘l chiziqlari vaqt o‘tishi va tashqi ta’sirlar natijasida butkul o‘chib ketgani aniqlandi. Bu holat piyodalar o‘tish joylarining haydovchilar uchun aniq ko‘rinishiga salbiy ta’sir qilishi, ayniqsa, kechki va ko‘rish imkoniyati cheklangan vaqtlarda piyodalar xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi ta’kidlandi.

🔴Shu munosabat bilan deputat tomonidan yo‘llarda, xususan, piyodalar o‘tish joylarida yo‘l chiziqlarini qayta chizish va ularni doimiy ravishda yangilab borish zarurligi qayd etildi. Bundan tashqari, mavjud yo‘l belgilarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, zarur joylarda oddiy yo‘l belgilarini yorug‘lik qaytaruvchi yoki yonib turuvchi belgilarga almashtirish, piyodalar ko‘p harakatlanadigan hududlarda esa miltillovchi yorug‘lik signallariga ega belgilarni o‘rnatish bo‘yicha tuman hokimligiga taklif kiritish belgilab olindi.

Slide 1 of 9