Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
19¹-modda
📌 MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI BILAN MULOQOT


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 13-“Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati N. Saidova Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Aminova bilan hamkorlikda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

📝 Yig‘ilish davomida mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda faoliyat jarayonida uchrayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilindi.

🤝 Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🔹 Doimiy komissiyaning o‘z faoliyat yo‘nalishi doirasidagi vazifalaridan kelib chiqib, mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.

📍 Yig‘ilish yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4