Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
24 ta muhim tavsiya asosida: “Do‘stlik” mahallasida xotin-qizlar faolining ishlari tahlil qilindi

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi raisi T. Soliyev va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘jamberdiyev tomonidan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 24 ta muhim tavsiya asosida mahalladagi xotin-qizlar faolining faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Ayollar daftari” doirasida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish, shuningdek, ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlarning samaradorligi tahlil qilindi.

“Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga 103 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, shundan 1-toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar 3 nafarni tashkil etadi. Ulardan 1 nafari doimiy ishga, 2 nafari esa vauчер orqali o‘qishga yo‘naltirildi. 2-toifadagi tadbirkorlik qilish istagidagi ayollar 2 nafar bo‘lib, ularga Xalq banki orqali kredit ajratildi. Shuningdek, 51 nafariga tibbiy va psixologik yordam, 47 nafariga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish yakunida xotin-qizlarning murojaat va muammolarini chuqur hamda har tomonlama o‘rganish, aniqlangan masalalarni qisqa muddatlarda amaliy yechimlar asosida bartaraf etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3