Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣Deputatlar o‘rtasida tajriba almashildi
Murojaat amaliy yechim topdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan aprel oyida “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar davomida aholi tomonidan Gulshan ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilgan edi.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tartibda murojaat qilinib, aholi tomonidan ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi. Natijada Gulshan ko‘chasining 530 metr qismiga yangi asfalt qoplamasi yotqizildi.

Deputat M.Mavlonqulov hokim yordamchisi bilan birgalikda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlarining holati va sifatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida yo‘l qoplamasining bajarilish holati ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ishlarning belgilangan talablar asosida bajarilishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Aholi tomonidan bildirilgan murojaatning amaliy natija bilan yakunlangani hudud infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2