Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
#Deputat_mahallada

#Deputat_mahallada

Tuman Kengashi deputati G. Tursunova tomonidan “Nayman” mahallasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ijtimoiy profilaktika va  moslashtirish ishlarida hamkorlik qilish, tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish borasidagi ishlar o‘rganildi.

📗O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda turli ijtimoiy muammolarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📘Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, bunday holatlarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida mahalla faoli, mutasaddi tashkilotlar va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📙Tahlil yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4