Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi
янв.21
⚽️ Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
❄️ 14-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam
янв.21
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi
янв.21
🍇 Qushchilik mahallasida manzilli ishlar va yangi loyiha o‘rganildi
янв.21
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
Aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi G‘.Tursunov bilan birgalikda ajratilgan kredit mablag‘laridan foydalanish hamda aholini tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish va kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, Qaynar ko‘chasi 9-uyda yashovchi fuqaro T.Toirovga novvot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 40 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgani o‘rganildi.

Fuqaro tomonidan mazkur kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilib, oilaviy hunarmandchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda ajratilgan mablag‘lar belgilangan yo‘nalish asosida sarflanayotgani qayd etildi.

O‘rganish davomida aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy hunarmandchilikni rivojlantirish va fuqarolarning barqaror daromad manbalarini shakllantirishga ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4