Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatlarınıń ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Xalıq deputatlarınıń ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Xalıq deputatlarınıń ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Xalıq deputatlarınıń ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
XALÍQ DEPUTATLARÍ TAQÍYATAS RAYONLÍQ KEŃESINIŃ SOCIALLIQ TARAW, JASLAR SIYASATI, MÁDENIYAT HÁM SPORT MÁSELELERI BOYINSHA TURAQLI KOMISSIYASI BAYANLAMASÍ
янв.21
Xalıq deputatlarınıń ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Xalıq deputatlarınıń ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Тақыятас районлық Кеңесиндеги O’zLiDeP депутатлық топарының жыйналысы болып өтти
янв.21
Doyimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Xalıq deputatlarınıń ushırasıwı bolıp ótti
QO‘SHRABOT TAJRIBASI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

QO‘SHRABOT TAJRIBASI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi majlisida kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha “Qo‘shrabot tajribasi” taqdimoti o‘tkazildi. 

Videoselektor shaklida majlisda ishtirok etgan viloyatimiz vakillari tomonidan o‘tgan 2024-yilda Qo‘shrabot tumanida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot-taqdimot qilindi.

Unda o‘tgan yilda tumanda yagona ijtimoiy himoya reestrida jami 4809 ta kambag‘al oila ro‘yxati shakillantirilib, toifalarga ajratilganligi hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejalar ishlab chiqilganligi bildirildi. Shu bilan birga, reestrdagi 1750 nafar fuqarolarning doimiy bandligi ta`minlanganligi ma`lum qilindi.

Qo‘shrabot tumanida 2024-yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 24,9 mln. AQSh dollari bo‘lgan 42 ta loyihalar amalga oshirilib, 850 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. 2025-yilda esa yana 56 ta loyihani amalga oshirish orqali, 907 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan. 2024-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 2339 ta loyihaga 35,1 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan. Joriy yilda esa oilaviy tadbirkorlik uchun 45,0 mlrd. so‘mdan ortiq miqdorda kredit ajratish belgilangan.

Taqdimotda shuningdek, ta`lim olish va kasb-hunarga o‘rgatish, kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ham aniq misollar bilan ijobiy ishlar ko‘rsatib berildi.

https://t.me/sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 5