Yangiliklar

DEPUTAT MAHALLADA

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati B. Shapiyev Qushchilik mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari, infratuzilmani yaxshilash, bandlikni ta’minlash hamda aholini qiynayotgan dolzarb muammolar muhokama qilindi.

Deputat B. Shapiyev saylovchilarning taklif va murojaatlarini diqqat bilan tinglab, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kidladi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolar o‘z fikr-mulohazalari va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar.

https://t.me/TaxiatoshtumanKengashi

Slide 1 of 3