35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya qanday masalalarni ko‘rib chiqadi?
янв.21
KREATIV PARK — BIZNES BOSHLASH UCHUN YANGI IMKONIYAT!
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot: huquq, salomatlik va faollik
янв.21
Yo‘l masalasi — aholi va o‘quvchilar xavfsizligi masalasi
янв.21
Mahalla muammolari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish holati nazorat qilindi
янв.21
📍 “Jayxun” MFYda muammolar va takliflar o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla muammolari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Davlat xizmatlari markazida xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
📌 Investitsiya loyihasi va tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi yig‘ilishidan so‘ng komissiya a’zolari tomonidan joylarga chiqib, amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
🤝 O‘rganishlarga Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi Tursunov Otabek Tojiyevich boshchilik qildi.
👥 O‘rganishlarda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Kravchenya Gennadiy Nikolayevich, tuman Kengashi deputatlari, komissiya a’zolari, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari hamda tuman ijro organlari rahbarlari ishtirok etdi.
🏥 Jumladan, tibbiyot birlashmasida raqamlashtirish jarayonlari, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash holati o‘rganildi.
💻 Shuningdek, raqamli tizimlarning amaliyotga joriy etilishi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda xizmatlar sifatini oshirish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishildi.
🏭 Ishlab chiqarish korxonalari, jumladan, tosh saralash zavodi faoliyati ham joyiga chiqib o‘rganildi. Korxonadagi ish jarayonlari, mavjud shart-sharoitlar hamda faoliyatning qonuniy va shaffof tashkil etilishi yuzasidan tegishli masalalarga e’tibor qaratildi.
🛒 Shuningdek, tumandagi savdo nuqtalarida ham o‘rganishlar o‘tkazilib, tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilishi, aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda qonunchilik talablariga rioya etilishi holati ko‘rib chiqildi.
🔎 O‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, faoliyatda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga e’tibor qaratildi.
⚖️ Korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat muhokama emas, balki joylarda olib borilayotgan amaliy ishlar, ochiqlik va qonuniylikni ta’minlashdan boshlanadi!
🌿 Qonuniylik va shaffoflik — taraqqiyot va ishonchning mustahkam poydevoridir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 7