35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda o‘zi saylangan “Shamchiroq” MFY 11-Aqsungul saylov okrugi hududida hokim yordamchisining faoliyatini o‘rgandi.

🔍 O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, aholi bilan ishlash jarayoni hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan vazifalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

🤝 Shuningdek, hokim yordamchisining faoliyatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi bilan ishlash samaradorligi va mavjud masalalarni aniqlash bo‘yicha kelishib olindi.

📋 Kelgusidagi o‘rganishlar davomida amalga oshirilgan ishlarning amaliy natijalariga, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi.