Yunusobod tumanidagi “Posira” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganishlar davomida qurib qolgan daraxtlar hamda aholi va atrofdagilar uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan quruq shoxlar aniqlangan.
📌Mazkur masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilinib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xizmatlari tomonidan qurigan va xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan shoxlarni sanitariya talablariga muvofiq kesish hamda hududni tartibga keltirish ishlari boshlandi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, fuqarolar uchun xavfsiz va obod muhit yaratish masalalari doimiy nazoratga olinmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!