#doimiy_komissiya_Uchtepa #ekspert_guruhlari
Doimiy komissiya yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📁 Yig‘ilishda, avvalo, Uchtepa tumani mahalliy byudjetining 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha ijrosi masalasi muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari majmuasi tomonidan tegishli hisobot taqdim etildi.
↗️ Hisobot davomida mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi, belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi hamda mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
📈 Shuningdek, yig‘ilishda hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy islohotlarning samaradorligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
📝 Muhokamalar yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.