BEPUL DORI-DARMONLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugi hududidagi 50-sonli oilaviy poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandi.
Asos: (Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni, №265-I, Qabul qilingan sana 29.08.1996)
🔍 O‘rganish davomida mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, poliklinikada mavjud bepul dori vositalari hamda sarflov vositalari ro‘yxati bilan tanishildi.
📋 Shuningdek, aholining zarur dori vositalari bilan ta’minlanganlik holati, mavjud zaxiralar va ularni fuqarolarga yetkazib berish masalalariga e’tibor qaratildi.