35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati nima? 🤔 Ko‘pchilikda “deputatlik nazorati” degan tushuncha eshitiladi, lekin u aniq nima ekani har doim ham to‘liq tushunarli bo‘lmasligi mumkin.
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yo‘l asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich topshirig‘iga asosan “Do‘stlik” MFY 16-Bahor saylov okrugi hududida olib borilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlari holatini joyiga chiqib o‘rgandi. 🚧 O‘rganish jarayonida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan texnologik talablarga rioya qilinishi hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari ko‘zdan kechirildi. 🔍 Shuningdek, mas’ul mutaxassislar bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan fikr almashildi. 📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan deputatga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida monitoring qilib boriladi.
янв.21
Yo‘l asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
BEPUL DORI-DARMONLAR: HISOB VA TARQATISH TARTIBI NAZORATDA
янв.21
BEPUL DORI-DARMONLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
Maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilab olindi
янв.21
10-avgust – 14-avgust kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
янв.21
DAYJEST (3-avgust — 7-avgust 2026-yil)
MAHALLALARDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH – ETIBOR MARKAZIDA

#KOTIBIYAT_FAOLIYATI

MAHALLALARDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH – ETIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Mansurov mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosining borishini joyida o‘rgandi.
✅O‘rganishlar davomida mahallalardagi Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandlikni ta’minlash borasidagi amaliy amaliyotlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅O‘rganishlar jarayonida “Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, oilasida 2 nafar imkoniyati cheklangan (nogironligi bo‘lgan) yaqini bor fuqaro S.Raximovaning tadbirkorlik tashabbusi alohida e’tirof etildi.
✅ Ushbu fuqaro o‘z xonadonida mahsulotlarni qadoqlash hamda xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, hozirgi kunda 4 nafar fuqaroning bandligini ta’minlashga erishgan.
Tadbirkor ayolning faoliyatini yanada kengaytirish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
✅ Mahallalarda aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 3