35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi — amalda
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik — bandlik va daromad manbai
янв.21
Deputatlik nazorati nima? 🤔 Ko‘pchilikda “deputatlik nazorati” degan tushuncha eshitiladi, lekin u aniq nima ekani har doim ham to‘liq tushunarli bo‘lmasligi mumkin.
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yo‘l asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich topshirig‘iga asosan “Do‘stlik” MFY 16-Bahor saylov okrugi hududida olib borilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlari holatini joyiga chiqib o‘rgandi. 🚧 O‘rganish jarayonida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan texnologik talablarga rioya qilinishi hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari ko‘zdan kechirildi. 🔍 Shuningdek, mas’ul mutaxassislar bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan fikr almashildi. 📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan deputatga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida monitoring qilib boriladi.
янв.21
Yo‘l asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
BEPUL DORI-DARMONLAR: HISOB VA TARQATISH TARTIBI NAZORATDA
янв.21
BEPUL DORI-DARMONLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
Maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
Bektemir tumanida 26-sonli avtobus yo‘nalishi uchun maxsus turargoh tashkil etish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Bektemir tumanida 26-sonli avtobus yo‘nalishi uchun maxsus turargoh tashkil etish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov tomonidan Bektemir tumani “Majnuntol” mahallasida jamoat transporti harakatini tartibga solish hamda avtobus haydovchilari uchun zarur sharoitlarni yaratish masalasi yuzasidan Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i M.M. Ikramov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📝 Mazkur masala Xalq deputatlari Toshkent shahar va Bektemir tumani Kengashlari hamda O‘zLiDeP deputatlar guruhi tomonidan 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davomida ko‘tarilgan. Shuningdek, “Majnuntol” mahallasi aholisi hamda “Bordonqul” saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati D.X. Saidov tomonidan ham mavjud muammo yuzasidan murojaat bildirilgan.

🚌 O‘rganishlarda 26-sonli “Majnuntol mahallasi – Oloy bozori” yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobuslar uchun maxsus turargoh — oxirgi bekat tashkil etilmagani sababli avtobuslar “Majnuntol” mahallasi idorasi yonida to‘xtab turayotgani qayd etilgan. Avtobuslarning yo‘lning ikki tomoniga qo‘yilishi boshqa transport vositalarining erkin harakatlanishi va piyodalar uchun noqulayliklar yuzaga keltirayotgani ta’kidlangan.

🗑 Shuningdek, mahalla raisi tomonidan avtobuslar to‘xtab turadigan hududda chiqindilar tashlab ketilishi bilan bog‘liq holatlar ham mavjudligi bildirilgan. Bu esa mahalla idorasi atrofining sanitariya va obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etilgan.

📍 Muammoning amaliy yechimi sifatida “Majnuntol” mahallasi arkasi yonidagi bo‘sh yer maydonida 26-sonli avtobus yo‘nalishi uchun zamonaviy va tartibli maxsus turargoh — oxirgi bekat tashkil etish taklifi ilgari surilgan. Ushbu hududda avtobus haydovchilari uchun zarur maishiy sharoitlarni yaratish, jumladan, do‘kon va sanitariya shoxobchasini tashkil etish imkoniyatini ham ko‘rib chiqish taklif qilingan.

🤝 Deputatlik so‘rovida asosiy maqsad avtobus haydovchilarini jazolash yoki jarimaga tortish emas, balki ular uchun munosib sharoit yaratish bilan birga, mahalla hududida jamoat transporti harakatini tartibga solish, fuqarolar va piyodalar uchun qulay hamda xavfsiz muhitni ta’minlash ekani alohida ta’kidlangan.

🔺 Shu munosabat bilan deputat Sergey Mironov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i M.M. Ikramovdan mavjud holatni mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, mahalla idorasi yonidagi avtobuslar turargohini taklif etilayotgan hududga ko‘chirish imkoniyatini ko‘rib chiqish hamda avtobuslarning yo‘lning ikki tomonida tartibsiz to‘xtab turishining oldini olish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash so‘raldi.

📩 Deputatlik so‘rovida o‘rganish natijalari, muammoning yechimi bo‘yicha ko‘riladigan choralar va rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish talab etilgan.

🤝 Mazkur masala deputat Sergey Mironov tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1