35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati nima? 🤔 Ko‘pchilikda “deputatlik nazorati” degan tushuncha eshitiladi, lekin u aniq nima ekani har doim ham to‘liq tushunarli bo‘lmasligi mumkin.
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yo‘l asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich topshirig‘iga asosan “Do‘stlik” MFY 16-Bahor saylov okrugi hududida olib borilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlari holatini joyiga chiqib o‘rgandi. 🚧 O‘rganish jarayonida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan texnologik talablarga rioya qilinishi hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari ko‘zdan kechirildi. 🔍 Shuningdek, mas’ul mutaxassislar bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan fikr almashildi. 📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan deputatga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida monitoring qilib boriladi.
янв.21
Yo‘l asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
BEPUL DORI-DARMONLAR: HISOB VA TARQATISH TARTIBI NAZORATDA
янв.21
BEPUL DORI-DARMONLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
Maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilab olindi
янв.21
10-avgust – 14-avgust kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
янв.21
DAYJEST (3-avgust — 7-avgust 2026-yil)
📍 Oqtosh mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

📍 Oqtosh mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Zikryayev hamda Oqtosh mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida Oqtosh mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar va saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif,muammolar atroflicha tinglandi.Aholini qiynayotgan ijtimoiy, kommunal, infratuzilma va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib, ularning har biri bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Murojaatlarning qonunchilik talablari asosida o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlash, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish ijro intizomini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini joyida o‘rganish, ularga amaliy yechim topish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2