35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati nima? 🤔 Ko‘pchilikda “deputatlik nazorati” degan tushuncha eshitiladi, lekin u aniq nima ekani har doim ham to‘liq tushunarli bo‘lmasligi mumkin.
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yo‘l asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich topshirig‘iga asosan “Do‘stlik” MFY 16-Bahor saylov okrugi hududida olib borilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlari holatini joyiga chiqib o‘rgandi. 🚧 O‘rganish jarayonida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan texnologik talablarga rioya qilinishi hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari ko‘zdan kechirildi. 🔍 Shuningdek, mas’ul mutaxassislar bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan fikr almashildi. 📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan deputatga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida monitoring qilib boriladi.
янв.21
Yo‘l asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
BEPUL DORI-DARMONLAR: HISOB VA TARQATISH TARTIBI NAZORATDA
янв.21
BEPUL DORI-DARMONLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
Maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilab olindi
янв.21
10-avgust – 14-avgust kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
янв.21
DAYJEST (3-avgust — 7-avgust 2026-yil)
“Bodomzor” mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati kunlik ish rejaga muvofiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardonov Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Turdiqulov Komiljon saylangan 4-"Ko‘chkak" saylov okrugiga qarashli "Bodomzor" mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazdi.

Nazorat doirasida mahalladagi xotin-qizlar faolining faoliyatini atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb etish, imtiyozli kreditlar hamda davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiyalardan foydalanish holati tahlil qilindi.
Deputat va mutasaddilar mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazib, xotin-qizlarning muammo va takliflari tinglandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, davlat dasturlari va qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda har bir murojaat bo‘yicha aniq natijaga erishishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2