DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
Deputatlik so‘rovi o‘z samarasini berdi!
🚨Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati B.Rajabov tomonidan “Birdamlik” mahallasidagi Uvaysiy ko‘chasining tosh-shag‘al qoplamasini yotqizib, tekislab berish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan.
🚨Mazkur murojaat o‘rganilib, Uvaysiy ko‘chasiga tosh-shag‘al qoplamasi to‘kilib, tekislab berilgani ma’lum qilindi.
🚨Bu — deputatlik nazorati va fuqarolar murojaatining amaliy natijasidir!
🚨Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi аҳоли murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlarni davom ettiradi.