Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Furqat mahallasi faoliyati o‘rganildi

Furqat mahallasi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘. Safarov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Sodiqov hamda tuman Ekologiya partiyasi Kengashi raisi G. Rahmatova tomonidan Furqat mahallasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, hududni obodonlashtirish, ekologik holat, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazilib, hududda mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholining turmush farovonligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3