Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan:
🔹 Bog‘ot tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida hisoboti ko‘rib chiqildi;
🔹 Bog‘ot tumani mahalliy budjetining 2026-yil II chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilgan mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli qaroriga muvofiq jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratish to‘g‘risida;
🔹 Bogʻot tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida;
🔹Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashi deputatlari tomonidan faoliyatlari yuzasidan 2026-yilning III choragi davomida o‘z saylovchilari oldida axborot berishining reja-jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisida axboroti tinglandi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.