Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazoratida BSKlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi


Deputat nazoratida BSKlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 22-Vatan saylov okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich tomonidan Kengashning haftalik ish rejasiga muvofiq "Vatanparvar boshqaruv servis" BSK faoliyati deputatlik nazorati doirasida tanqidiy tahlil qilindi.

📊 Monitoring davomida BSKda 21 nafar xodim faoliyat yuritayotgani hamda 24/7 dispetcherlik markazi uzluksiz ishlayotgani ko‘zdan kechirildi. Navbatchilik qayd daftari tekshirilib, murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.

📝 Shuningdek, hududdagi ichki yo‘llar, bolalar maydonchalari hamda umumiy foydalanish hududlarining holati tanqidiy baholanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan BSK rahbariga aniq topshiriqlar berildi.

💬 Faoliyati talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan "Yangi hayot lyuks" BSK tasarrufidagi 21-, 27- va 31-ko‘p qavatli uylar holati ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, 21-uy oldida bolalar maydonchasini barpo etish, hududni obodonlashtirish hamda mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📈 Bundan tashqari, ko‘p qavatli uylarning fasadlari va kirish yo‘laklarida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari nazorat qilindi. Xususan, 36-uyda reja asosida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, aholi fikr va takliflari tinglandi.

💼 Nazorat tadbirida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi. Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 7