Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tashabbusi bilan Birlashuv mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning xizmat faoliyati navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida o‘rganildi.

#okrugda_organish

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni aniqlash, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning murojaatlari bilan ishlash holati va belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning sifati, manzilliligi va samaradorligini oshirish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining amaliy ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1