Dastlabki taqdimot sifatida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan tayyorlangan taqdimot muhokama qilindi.
Muhokamada Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev boshchiligida Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassislari Z.Yakubova hamda N.Akbarova ishtirok etdilar.
Taqdimot davomida Kengashning normativ-huquqiy faoliyati, doimiy komissiyalar ishini tashkil etish, deputatlik nazorati, saylovchilar bilan ishlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, shuningdek, kotibiyat tomonidan amalga oshirilgan tashkiliy ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.
Muhokama jarayonida viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirish, vakillik organi faoliyatini takomillashtirish hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan bildirilgan tavsiya va takliflar asosida kelgusida ham vakillik organi faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik korpusining faoliyatini yanada kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni davom ettirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshiriladi.