Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏗 YANGIARIQ TUMANIDA INVESTITSIYA LOYIHALARI AMALDA – NAZORAT KUCHAYTIRILMOQDA

🏅 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri U.Quryazov hamda tuman Kengashi raisi B.O.Abdullayev Yangiariq tumani Gulbog‘ mahallasida joylashgan 11-son maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

🏗 Mazkur obyekt davlat dasturi doirasida bunyod etilayotgan bo‘lib, qurilish jarayonining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda loyiha asosida yaratilayotgan sharoitlar atroflicha o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat darajasida yakunlash, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifatiga alohida e’tibor qaratish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

👶 Kelgusida ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy talablar asosida jihozlanib, hududdagi bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha qulayliklarga ega maskanga aylanishi ko‘zda tutilgan.

✅ Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari aholi farovonligini oshirish, yosh avlod uchun munosib ta’lim muhitini yaratish hamda hududlar infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9