Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna “Keneges” OFY hududida amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘laklarini qurish va ta’mirlash ishlarini joyida o‘rganmoqda.
📍 O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, yo‘laklarning amaldagi holati hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
🔍 Asosiy e’tibor:
🔹 piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlashga;
🔹 qurilish va ta’mirlash ishlarining sifatiga;
🔹 yo‘laklardan foydalanish qulayligini oshirishga qaratildi.
📌 Piyodalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bunday ishlar fuqarolar uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.