Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputatlari, Ekologik partiya deputatlik guruhi a’zolari Yulduzxon Usmonova va Sirojiddin Bektemirov, shuningdek, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Guliston shahar kengashi raisi Shahodat Usmonova tomonidan Shodlik, Navbahor va Yangi Hayot mahallalari hududlarida ekologik holat yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida maishiy chiqindilarni to‘plash maydonchalarida chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilmagani hamda ayrim joylarda chiqindilar sochilib yotganligi holatlari aniqlandi. Mazkur holatlar hududlarning sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni belgilash hamda masalani Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritish belgilandi.
Ekologik tozalikni ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda hududlarda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.