Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_ta_masala

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov ishtirokida “Ekraz” MFYdagi 10-sonli DMTTda nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda tuman Kengashi deputati X.Xujaqulov, O‘zXDP tuman kengashi raisi O.Avazov va kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdi.

Nazorat-tahlil jarayonida muassasaning obodonlashtirish ishlari, moddiy-texnik ta’minoti, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va infratuzilma holati, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish va pedagog xodimlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari tahlil qilindi.

O‘rganish bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muassasa faoliyati samaradorligini oshirish, maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz

Slide 1 of 10